2024-2029-YILLARDA IFLA STRATEGIYASI
Loading...
Date
2025-04-16
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
International Federation of Library Associations and Institutions (IFLA)
Abstract
Ushbu qo‘llanma 2024–2029-yillarga mo‘ljallangan IFLA (Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyalari va muassasalari federatsiyasi) strategiyasi mazmunini yoritadi. Unda zamonaviy kutubxonachilikning asosiy yo‘nalishlari, global hamkorlik, professional jamoalar bilan ishlash, barqaror rivojlanishga qo‘shilayotgan hissalar va kutubxonalar salohiyatini kengaytirish masalalari qamrab olingan. Qo‘llanmada kutubxonachilar uchun dolzarb bo‘lgan mavzular – innovatsiyalar, kasbiy rivojlanish, hamkorlik, standartlar va etik qadriyatlar, shuningdek, xalqaro maydonda kutubxonalar o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar berilgan.
Qo‘llanma kutubxona mutaxassislari, assotsiatsiyalar, va strategik qaror qabul qiluvchi tashkilotlar uchun foydali bo‘lib, aniq rejalardan iborat emas, balki kutubxonachilar va sohaga aloqador mutaxassislar uchun keng qamrovli yo‘nalishlar, ilhom manbai va o‘z strategiyalarini ishlab chiqish uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Har bir kutubxonachi mazkur strategik yo‘l xaritasidan foydalanib, o‘z faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishi va xalqaro hamjamiyatga munosib hissa qo‘shishi mumkin.
Description
Keywords
IFLA Strategy